CEFR Writing Mock Test — Multilevel Writing onlayn
Multilevel Writing imtihonini yangi rasmiy formatda mashq qiling: bitta xat asosida ikki email, keyin onlayn post. 60 daqiqalik taymer, jonli so'z hisoblagich, AI esa har bir topshiriqni rasmiy mezon bo'yicha baholab, xatolaringizni tuzatib beradi.
Writing imtihoni formati (2025-yil oktabridan)
| Topshiriq | Janr | Daraja | Hajm | Ball |
|---|---|---|---|---|
| Task 1.1 | Do'stga norasmiy email | B1 | ~50 so'z | 0–5 |
| Task 1.2 | Rasmiy email (menejer, tashkilot) | B2 | 120–150 so'z | 0–5 |
| Part 2 | Blog post, forum posti yoki maqola | C1 | 180–200 so'z | 0–6 |
Part 1 da 50–80 so'zli bitta xat beriladi (masalan, klub yoki kompaniyadan). Unda javob berilishi kerak bo'lgan 3 ta band bo'ladi va ikkala email shu xatga tayanadi.
Task 1.1 — Norasmiy email
Do'stingizga his-tuyg'ularingiz va rejalaringiz haqida yozasiz. Maslahat: "Hi…", "Guess what…", "Can't wait to…" kabi samimiy iboralar va qisqartmalardan foydalaning, lekin xatdagi uchala bandga ham javob bering.
Task 1.2 — Rasmiy email
Xuddi shu vaziyat bo'yicha rahbariyat yoki xizmatga yozasiz. Maslahat: "Dear Sir or Madam", "I am writing to…", "I would be grateful if…" — qisqartmalarsiz, rasmiy uslubda; har bir bandni alohida paragrafda yoriting.
Part 2 — Onlayn post yoki maqola
Umumiy mavzu bo'yicha fikringizni dalillar va misollar bilan bayon qilasiz. Maslahat: kirish, 2 ta asosiy paragraf va xulosa; "On the one hand…", "What is more…", "All things considered…" bilan fikrlarni bog'lang.
Writing qanday baholanadi
Har bir topshiriq bitta yaxlit ball oladi. Topshiriq talablari, uslub, grammatika, so'z boyligi, izchillik va imlo shu ballning ichida hisobga olinadi. Ballar qo'shilib (jami 16), rasmiy jadval bo'yicha 75 ballik shkalaga o'tkaziladi:
| Jami ball (16 dan) | Standart ball (75 dan) | Daraja |
|---|---|---|
| 14 – 16 | 65 – 75 | C1 |
| 9,5 – 13,5 | 51 – 64 | B2 |
| 5,5 – 9 | 38 – 50 | B1 |
| 0 – 5 | 0 – 37 | B1 dan quyi |
Manba: Bilim va malakalarni baholash agentligi, "Chet tilidan yozma ish ... baholash mezoni" (yangi format).
MultiTest'da Writing mashq qilish
Haqiqiy format
Bitta xat asosida ikki email va Part 2, 60 daqiqalik umumiy taymer bilan.
So'z hisoblagich
Yozayotganda so'zlar soni va talab qilingan hajm ko'rinib turadi.
Xatolar tuzatiladi
AI matndagi xatolarni topib, to'g'ri variantini va izohini beradi.
Avto-saqlash
Matn har bir necha soniyada saqlanadi — internet uzilsa ham yo'qolmaydi.
Boshqa bo'limlar: CEFR Speaking mock test · Multilevel mock test · CEFR mock test.
Ko'p beriladigan savollar
Multilevel Writing necha qismdan iborat?
Yangi formatda (2025-yil oktabridan) Writing 2 qism va 3 topshiriqdan iborat: Part 1 — bitta xat asosida Task 1.1 (do'stga norasmiy xat, ~50 so'z) va Task 1.2 (rasmiy xat, 120–150 so'z); Part 2 — onlayn post yoki maqola (180–200 so'z).
Writing uchun qancha vaqt beriladi?
Jami 60 daqiqa. Topshiriqlar uchun alohida chegara yo'q, lekin Part 1 uchun taxminan 25, Part 2 uchun 35 daqiqa tavsiya etiladi.
Writing qanday baholanadi?
Har bir topshiriq yaxlit (holistik) shkala bo'yicha baholanadi: Task 1.1 — 0–5, Task 1.2 — 0–5, Part 2 — 0–6. Jami 16 ball rasmiy jadval bo'yicha 75 ballik standart ballga o'tkaziladi: masalan, 14 ball — 65 (C1), 9,5 ball — 51 (B2).
So'z soni kam bo'lsa nima bo'ladi?
Rasmiy mezonga ko'ra qisqa matn yuqori ball ololmaydi: Task 1.2 da 25–60 so'z yozilsa eng ko'pi 2 ball, 24 so'zdan kam bo'lsa 1 ball; Part 2 da 38–90 so'z — 2 ball, 37 so'zdan kam — 1 ball.
MultiTest Writing natijasi rasmiy natijami?
Yo'q. MultiTest — mashq platformasi. AI rasmiy mezon va jadval bo'yicha taxminiy ball beradi, lekin rasmiy natijani faqat Bilim va malakalarni baholash agentligi beradi.
Speaking mock testni hozir topshiring
Bepul ro'yxatdan o'ting, mikrofonni yoqing va natijangizni bir necha daqiqada oling.